Özbekiston

Özbekistonlik yoş arxitektorlar Xitoyda quriliş texnologiyalarini örganmoqda

Özbekistonlik yoş arxitektorlar Xitoyda quriliş texnologiyalarini örganmoqda
Özbekistonlik yoş arxitektorlar Xitoyda quriliş texnologiyalarini örganmoqda / Foto: Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining yoş arxitektorlardan iborat delegatsiyasi Xitoyda xorijiy amaliyot ötamoqda. Amaliyot doirasida iştirokçilar zamonaviy quriliş materiallari, texnologiyalar va şaharsozlikning ilğor yondaşuvlari bilan tanişmoqda.

Delegatsiya taşrif buyurgan ilk obyektlardan biri Siçuan Wangang Metal Product metall buyumlar işlab çiqariş zavodi böldi.

Zavod vakillari delegatsiya a’zolariga metall listlardan tayyorlanadigan yiğma qoliplaş tizimlarini namoyiş etdi. Şuningdek, ularning turlari, texnik imkoniyatlari va qurilişda qöllaş afzalliklari haqida ma’lumot berildi.

Bunday tizimlardan foydalaniş quriliş işlarining muddati va xarajatlarini qisqartiriş, konstruksiyalar sifatini oşiriş hamda seysmik xavfsizlik talablariga rioya etiş imkonini beradi.

Özaro biriktiriladigan kiçik elementlardan yaxlit konstruksiyalar yiğiş imkoniyati murakkab şakldagi binolar va baland inşootlarni barpo etişni osonlaştiradi. Qoliplardan qayta foydalaniş esa qurilişning iqtisodiy samaradorligini oşiradi.

Taşrif davomida yoş arxitektorlar xitoylik mutaxassislar va işlab çiqaruvçilar bilan fikr almaşib, uşbu texnologiyalarni Özbekistonda köp qavatli turar joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari va baland binolar qurilişida qöllaş istiqbollarini muhokama qildi.

Sinov maydonçasida iştirokçilarga qoliplarni örnatiş, beton quyiş, beton qotgandan keyin konstruksiyani yeçiş hamda elektr payvandlaş işlari namoyiş etildi.

Şuningdek, Xitoyda Siçuan arxitektura texnologiyalari universiteti bazasida Özbekiston delegatsiyasi uçun öquv dasturining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda universitet rahbariyati va öqituvçilari, şuningdek, xususiy sektor vakillari iştirok etdi.

Tadbir iştirokçilari quriliş sohasini rivojlantirişda xalqaro tajriba almaşiş, zamonaviy bilim va texnologiyalarni özlaştiriş muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Islohotlarning muvaffaqiyati köp jihatdan zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega mutaxassislarning malakasiga boğliq ekani qayd etildi.

Öquv dasturi nazariy maşğulotlar va ilğor yeçimlarni amaliy örganişni qamrab oladi. Uning asosiy yönalişlari qatoriga şaharsozlikni raqamlaştiriş, energiya samaradorligini oşiriş, energiyani tejaş, yaşil hududlarni saqlaş va şahar muhitining ekologik barqarorligini mustahkamlaş kiradi.

Delegatsiya rahbari, vazir maslahatçisi Umida Boyzoqova ta’lim jarayonini taşkil etgani va iştirokçilar uçun yaratilgan şaroitlar uçun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, u yoş mutaxassislarni yangi bilim va tajriba orttiriş imkoniyatidan unumli foydalanişga çaqirdi.

Kunning ikkinçi yarmida delegatsiya Siçuan arxitektura texnologiyalari universitetining ta’lim muassasasi taşkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan oçilgan muzeyiga taşrif buyurdi.

Iştirokçilar universitet tarixi, uning rivojlaniş bosqiçlari hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan tanişdi. Şundan söng ular öquv-amaliy laboratoriyalar, zamonaviy uskunalar va talabalar olgan bilimlarini amaliyotda qöllaşi uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.

Amaliyot yoş arxitektorlarga kasbiy dunyoqaraşini kengaytiriş, xalqaro tajribani örganiş va Özbekistonda quriliş hamda şaharsozlik amaliyotida qöllanilişi mumkin bölgan texnologiyalar bilan tanişiş imkonini berişi kutilmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.