O‘zbekiston

Farğonada zaharlaniş gumoni bilan 28 nafar bola şifoxonaga yotqizildi

Farğonada zaharlaniş gumoni bilan 28 nafar bola şifoxonaga yotqizildi
Farğonada zaharlaniş gumoni bilan 28 nafar bola şifoxonaga yotqizildi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona şahridagi uçta maktabgaça ta’lim taşkilotining 28 nafar tarbiyalanuvçisi zaharlaniş gumoni bilan yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Yana 23 nafar bola şifokorlar körigidan ötkazilganidan söng ambulator davolanişga yuborildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiy yordam sörab 2-, 7- va 47-sonli boğçalar tarbiyalanuvçilarining vakillari murojaat qilgan. Bolalarda tana haroratining kötarilişi, qorin oğriği, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi alomatlar kuzatilgan.

26 oktyabr soat 11:00 holatiga köra, şifoxonada 28 nafar bola qolgan. Qömita ma’lumotlariga köra, ularning ahvoli barqaror, oğir holatlar qayd etilmagan. Yana 23 nafar bolaning ahvoli baholanib, ularga tibbiy tavsiyalar berilgan va ambulator davolaniş uçun uyiga javob berilgan.

Dastlabki epidemiologik tekşiruv doirasida mutaxassislar bolalar kun davomida iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni örgandi, şuningdek, oziq-ovqat yetkazib beruvçilarni aniqladi.

Laboratoriya tekşiruvlari uçun oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlardan namunalar olindi. Epidemiologik tekşiruv va bakteriologik tahlillar davom etmoqda. Hodisaning sabablari hozirça aniqlanmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.