Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatida Xalqaro BRIKS konsorsiumi va Pandora kompaniyasi vakillari bilan qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.
24 noyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xalqaro BRIKS konsorsiumi prezidenti, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasining moliya-sanoat va investitsiya siyosati böyiça kengaşi a’zosi Yelena Galibina hamda Pandora kompaniyasi vakili Dmitriy Primak bilan uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Farğona viloyatining investitsiya salohiyatidan samarali foydalaniş, BRIKS davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, Pandora kompaniyasi bilan qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini körib çiqdi.
Konsorsium vakillari Farğona viloyatida öz vakolatxonasini oçiş taklifini ilgari surdi. Şuningdek, mahalliy korxonalarning xalqaro bozorlarga çiqişiga kömaklaşiş, hududning eksport salohiyatini oşiriş va boşqa yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Xayrullo Bozorov bildirilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlab, istiqbolli loyihalarni amalga oşirişda hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.
U, şuningdek, hududda faoliyat boşlaşdan manfaatdor investorlar uçun zarur şaroitlar yaratilişi va ularga amaliy kömak körsatilişini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş, aniq investitsiya loyihalarini işlab çiqiş va ularni amalga oşiriş böyiça keyingi çora-tadbirlarni kelişib olişga qaror qildi.