Farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
Farmonga muvofiq, farmatsevtika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida:
Quyidagilar tashkil etiladi:
Farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi;
Farmatsevtika tarmog‘ining istiqbolli loyihalari investitsiya jamg‘armasi.
2025-yil 1-iyulgacha 5 ta namunaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi va 2026-yil yakunigacha ushbu plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushiriladi.
Farmatsevtika korxonalari faoliyatiga ilg‘or standartlarni tatbiq etish bo‘yicha marketing va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Pharm Service” davlat muassasasi tashkil etiladi.