Fargʻonalik tadbirkorlar Belarusda hamkorlikni muhokama qilishdi

Fargʻonalik tadbirkorlar Belarusda hamkorlikni muhokama qilishdi

Fargʻonalik tadbirkorlar Belarusda hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Respublikasining Gomel viloyati ijroiya qo‘mitasida Farg‘ona viloyati delegatsiyasi vakillari uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyatimizdan tashrif buyurgan 40 nafarga yaqin tadbirkor va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunov hamda Gomel viloyati ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Petrojiskiy boshchiligidagi ikki tomon mas’ullari ishtirokida qishloq xo‘jaligi sohasida aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Gomel viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritish imkoniyatlari keng yoritildi. Xususan, xorijiy biznes vakillariga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak, taqdim etiladigan soliq imtiyozlari hamda qulay ishchi muhitini yaratish bo‘yicha beriladigan kafolatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida tadbirkor va fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar oldilar.

Ushbu uchrashuv ikki hudud o‘rtasidagi agrar sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling