O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Fargʻona viloyati hokimi YXHTning maxsus vakili bilan chegaralararo hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 23.06.2026 · 12:10 · 40 views
Fargʻona viloyati hokimi YXHTning maxsus vakili bilan chegaralararo hamkorlikni muhokama qildi

Fargʻona viloyati hokimi YXHTning maxsus vakili bilan chegaralararo hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun “Yosh tinchlikparvarlarning chegaraoldi hamkorlik tashabbusi” mavzusidagi xalqaro seminar doirasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisining maxsus vakili Serje Ruminni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ham ishtirok etdi.

Muloqotda Farg‘ona shahrida o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli xalqaro seminar jarayoni hamda mintaqaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Serje Rumin tadbir yuqori saviyada tashkil etilganini taʼkidlab, bu anjuman mintaqada tinchlik, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotganini yuqori baholadi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda O‘zbekiston va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlar eng yuqori darajada rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari izchil mustahkamlanayotgani, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlandi.

Chegaraoldi hududlar hamkorligini yana-da kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Amalga oshirilayotgan tashabbuslar Markaziy Osiyoda ishonch muhitini mustahkamlash hamda barqaror taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qilayotganiga eʼtibor qaratildi.
 Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari kelishib olindi.

UzDaily · 👁 40 views · 23.06.2026 · 12:10