O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Farg‘ona viloyatida energiya tejamkor issiqxona majmuasi tashkil etiladi

Dilafro'z Niyazova · 10.09.2026 · 13:00 · 36 views
Farg‘ona viloyatida energiya tejamkor issiqxona majmuasi tashkil etiladi
Farg‘ona viloyatida energiya tejamkor issiqxona majmuasi tashkil etiladi / Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalaniladigan zamonaviy issiqxona majmuasini tashkil etish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish istiqbollarini Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Seul shahrida GH EnA Co., Ltd bosh direktori Pak Ji Xong bilan muhokama qildi.

Uchrashuv hudud rahbarining Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Farg‘ona viloyatida muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda faoliyat yuritadigan issiqxona majmuasini tashkil etish konsepsiyasini ko‘rib chiqdi, shuningdek, boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

GH EnA Co., Ltd vakillari tashabbusning asosiy yo‘nalishlari, rejalashtirilayotgan texnologik yechimlar hamda bo‘lajak majmuaning energiya samaradorligini taʼminlashga qaratilgan yondashuvlarni taqdim etdi.

Xayrullo Bozorov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ilg‘or va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish muhimligini taʼkidladi. U ustuvor yo‘nalishlar qatorida muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishni qayd etdi.

Hudud rahbari kompaniya tomonidan taklif etilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun Farg‘ona viloyati tomonidan zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni davom ettirish, loyihaning texnik va iqtisodiy parametrlarini batafsil ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishning amaliy bosqichiga o‘tishga kelishib oldi.