Farg'ona viloyati Yaponiyaga meva eksportini kengaytirmoqda

Farg'ona viloyati Yaponiyaga meva eksportini kengaytirmoqda

Farg'ona viloyati Yaponiyaga meva eksportini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyada ishchi tashrif bilan bo'lgan Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya bozoriga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish, jumladan, mintaqada yetishtirilgan meva va sabzavotlar eksportini ko'paytirish masalalarini muhokama qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida “Washin Trading Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari Ramzan Siddiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda
O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini Yaponiya bozoriga tizimli ravishda yetkazib berish, eksport hajmini oshirish va hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling