O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg‘ona hokimi Xitoy kompaniyasi bilan sport inshootlarini muhokama qildi

UzDaily · 14.03.2026 · 12:00 · 710 views
Farg‘ona hokimi Xitoy kompaniyasi bilan sport inshootlarini muhokama qildi

Farg‘ona hokimi Xitoy kompaniyasi bilan sport inshootlarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “China Overseas Engineering Group Co., Ltd.” kompaniyasi direktori Jang Xayshin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatimizdagi sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Sport obyektlarini barpo etishda katta tajribaga ega mazkur kompaniya tomonidan viloyatdagi majmualarni xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqilgan.

Muloqot davomida ushbu loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Viloyat hokimi takliflar bilan tanishib, loyihalarni yana-da takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

UzDaily · 👁 710 views · 14.03.2026 · 12:00