O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Samarkand-2028 sunʼiy yo‘ldoshi orbitadan ilk suratni uzatdi

UzDaily tahririyati · 08.08.2026 · 17:50 · 26 views
Samarkand-2028 sunʼiy yo‘ldoshi orbitadan ilk suratni uzatdi
Samarkand-2028 sunʼiy yo‘ldoshi orbitadan ilk suratni uzatdi / Foto: O'zbekiston kosmik agentligi "O'zbekkosmos" matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 5 avgust kuni Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi bilan hamkorlikda uchirilgan O‘zbekistonning Samarkand-2028 sunʼiy yo‘ldoshi orbitadan Yer yuzasining birinchi tasvirini uzatdi. Surat uchirilganidan bir necha soat o‘tib olingan. Bu haqda O‘zbekiston kosmik agentligi — “O‘zbekkosmos” matbuot xizmati xabar berdi.

Suratda Gretsiya poytaxti Afina shahri aks etgan.

Sunʼiy yo‘ldosh 5 avgust kuni Sariq dengiz akvatoriyasida joylashgan Xitoyning Xayyan kosmodromidan uchirildi. Shu kuni “O‘zbekkosmos”ning rasmiy YouTube kanalida sunʼiy yo‘ldoshning uchirilish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Samarkand-2028 bortiga “O‘zbekkosmos” mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt moduli o‘rnatilgan.

U orbitaning o‘zida giperspektral maʼlumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.