O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg‘ona anorlari dunyoning yirik savdo tarmog‘i “Costco” do‘konlarida sotilmoqda

UzDaily · 20.12.2025 · 18:00 · 2431 views
Farg‘ona anorlari dunyoning yirik savdo tarmog‘i “Costco” do‘konlarida sotilmoqda

Farg‘ona anorlari dunyoning yirik savdo tarmog‘i “Costco” do‘konlarida sotilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dunyoning eng yirik savdo tarmoqlaridan bo‘lgan “Costco” kompaniyasining Yaponiyadagi magazinlarida Farg‘onada yetishtirilgan anor mahsulotini sotish boshlandi. Bu haqda viloyat ma'muriyati ma'lum qildi.

Bu jarayonda Quva “Agrostar” MCHJ tomonidan “Vasheng treyding” kompaniyasi bilan tuzilgan savdo shartnomasi asosida birinchi bosqichda 22 tonna va yil oxirigacha 50 tonnadan ortiq qo‘shimcha anor yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

O‘z navbatida ushbu kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik joriy yilning sentyabr oyida boshlanib, Yaponiyaning yirik savdo tarmog‘iga ilk bor uzum eksport qilingan edi.

Hamkorlar 2026-yilda yapon bozoriga gilos, uzum va qovun eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar ustida ishlamoqda.

Farg'ona anorlarining Yaponiya bozoriga kirishi O'zbekistonning yuqori sifatli meva mahsulotlari eksportchisi sifatidagi mavqeining mustahkamlanishini anglatadi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

UzDaily · 👁 2431 views · 20.12.2025 · 18:00