O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Fargʻona viloyati Iroq bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda

UzDaily · 18.06.2026 · 16:50 · 30 views
Fargʻona viloyati Iroq bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda

Fargʻona viloyati Iroq bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi ham faol qatnashmoqda.

Forum doirasida qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Iroq Respublikasi Savdo vaziri Mustafa Nazar Jumaa bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda O‘zbekistonning Iroqdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ayubxon Yunusov ham ishtirok etdi.

Muloqot avvalida viloyat hokimi forum doirasida tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, mazkur muloqot Farg‘ona viloyati va Iroq hududlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida savdo-iqtisodiy, taʼlim va madaniy sohalardagi aloqalar izchil rivojlanib borayotgani qayd etilib, mazkur yo‘nalishlarda Farg‘ona viloyatining imkoniyati kattaligi taʼkidlandi.

Farg‘onada qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida yuqori salohiyat shakllangani maʼlum qilindi.

Muloqotda hududlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash maqsadida o‘zaro tashriflar dasturini ishlab chiqish, “birodarlashgan hududlar” mexanizmini yo‘lga qo‘yish va tegishli kelishuvlarni imzolash masalalari ham muhokama qilindi.

Farg‘onalik tadbirkorlar tomonidan Iroq bilan neft-gaz, to‘qimachilik, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Shuningdek, Iroqqa Farg‘ona viloyatining eksport va investitsiya salohiyatini namoyish etish maqsadida tadbirkorlar delegatsiyasini yuborish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.

Iroq Respublikasi Savdo vaziri Mustafa Nazar uchrashuvdan mamnunligini bildirib, Farg‘ona viloyati bilan hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi. Mozori Sharifda Farg‘ona savdo uyini tashkil etish tashabbusi, barcha sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Iroq tomoni Farg‘ona viloyatidan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qilish, delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ayrim sanoat mahsulotlarini Iroq hududida ishlab chiqarish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida delegatsiyalar tashrifini tashkillash takliflari bildirildi.

Muloqot ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda dastlabki qadam bo‘lishi, birgalikdagi saʼy-harakatlar qisqa muddatlarda amaliy natijalar berishi taʼkidlandi.

UzDaily · 👁 30 views · 18.06.2026 · 16:50