O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Eron delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Dilafro'z Niyazova · 27.02.2025 · 14:30 · 559 views
Eron delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Eron delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Eronning Razaviy Xuroson viloyati gubernatori G'ulom Huseyn Muzaffari boshchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiya bugun O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan uyushtirilgan biznes-missiya 1 martga qadar davom etadi.

Eron delegatsiyasi tarkibidan qurilish, kimyo sanoati, farmatsevtika, to'qimachilik va qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat va boshqa sohalarda faoliyat olib borayotgan kompaniyalar rahbarlari o'rin olgan.

Tashrif doirasida Razaviy Xuroson gubernatorining Samarqand va Buxoro viloyati hokimlari bilan ikki tomonlama uchrashuvi hamda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazilishi rejalashtirilgan.