O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda kumush medallarga sazovor boʻlishdi

Dilafro'z Niyazova · 01.09.2025 · 08:54 · 6021 views
Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda kumush medallarga sazovor boʻlishdi
Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda kumush medallarga sazovor boʻlishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sofiya shahrida (Bolgariya) dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Bugun aralash jamoaviy dasturda kuchlilar aniqlandi.

Saralashda Fransiya, Qozogʻiston va Moʻgʻuliston jamoalarini magʻlub etgan yurtdoshlarimiz finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib borishdi. Afsuski, ushbu qarama-qarshilik dzyudo vatani vakillarining gʻalabasi bilan nihoyasiga yetdi va hamyurtlarimiz kumush medal bilan taqdirlanishdi.