Deputatlar Oʻzbekistondagi oʻrmon yerlarini himoya qilishni kuchaytirmoqda
Deputatlar Oʻzbekistondagi oʻrmon yerlarini himoya qilishni kuchaytirmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘rmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Mazkur qonun loyihasi ham o‘rmon fondi yerlarining muhofazasi ta’minlash bilan bog‘liq talablarniO‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida aniq belgilash orqali ularni alohida muhofaza etishga qaratilgan.
Jumladan, qonun loyihasi bilan Yer kodeksiga o‘rmon fondi yerlarining alohida muhofaza etilishini ta’minlashga qaratilgan muhim normalar kiritilmoqda. Ya’ni, loyiha bilan o‘rmon fondi yerlari alohida muhofaza etilishi belgilanib, o‘rmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga oshirilishi mustahkamlanmoqda.
Amalda o‘rmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshirilar edi.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi o‘rmon fondi yerlarini alohida muhofaza qilish, ularni ko‘paytirish hamda ekologik tizimlar barqarorligini ta’minlash xizmat qiladi.
Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.