7
Özbekiston

COP31da iqtisodiyotni elektrlaştiriş böyiça global maqsad taqdim etildi. Bu Özbekiston uçun nimani anglatadi?

COP31da iqtisodiyotni elektrlaştiriş böyiça global maqsad taqdim etildi. Bu Özbekiston uçun nimani anglatadi?
COP31da iqtisodiyotni elektrlaştiriş böyiça global maqsad taqdim etildi. Bu Özbekiston uçun nimani anglatadi? / Foto: UN Climate Change – Kubilay Ciftc.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Antaliyada ötayotgan BMTning iqlim özgarişi böyiça COP31 konferensiyasida raislik qiluvçi tomon jahon iqtisodiyotini elektrlaştirişni jadallaştirişga qaratilgan global taşabbusni taqdim etdi. Unga köra, yakuniy energiya isteʼmolida elektr energiyasining uluşini hozirgi taxminan 23 foizdan 2035-yilga borib 35 foizga yetkaziş közda tutilmoqda.

“35 by 35” (“2035-yilgaça 35 foiz”) deb nomlangan taşabbus transport, sanoat va binolarda elektr texnologiyalaridan foydalanişni kengaytirişga qaratilgan. Elektrlaştirişni kam uglerodli elektr energiyasi işlab çiqarişni rivojlantiriş bilan uyğunlaştiriş işxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş, energetika xavfsizligini mustahkamlaş va import qilinadigan yoqilğiga qaramlikni qisqartirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

COP31 prezidenti Murat Kurumning taʼkidlaşiça, energetika inqirozi energiya resurslari importiga boğliq iqtisodiyotlarning zaifligini yaqqol körsatdi. Uning fikriça, elektrlaştirişni jadallaştiriş energetika xavfsizligini mustahkamlaş va iqtisodiy ösişni rağbatlantirişning muhim vositalaridan biriga aylanişi kerak.

COP31 muzokaralar raisi Kris Bouen belgilangan maqsadlarga erişiş uçun nafaqat siyosiy majburiyatlar, balki elektr tarmoqlari va energiyani saqlaş tizimlarini öz içiga olgan energetika infratuzilmasiga investitsiyalar ham zarurligini taʼkidladi.

Xalqaro moliya institutlari elektrlaştirişni moliyalaştiriş uçun koalitsiya tuzmoqda

COP31da eʼlon qilingan asosiy taşabbuslardan biri hukumatlar, taraqqiyot banklari va xususiy moliya taşkilotlarini birlaştiruvçi Elektrlaştirişni moliyalaştiriş böyiça xalqaro koalitsiyani taşkil etişdir.

Jahon banki va Afrika taraqqiyot banki 2027-yilda koalitsiyaning dastlabki hamraislariga aylanişi kutilmoqda. Koalitsiya faoliyati rivojlanayotgan mamlakatlarning energetika loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratiladi.

Şu bilan birga, Qayta tiklanuvçi energiya manbalari böyiça xalqaro agentlik (IRENA) elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini rivojlantirişga yönaltirilgan D-GRIDS dasturini qöllab-quvvatlaydi. Dastur rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga investitsiya ehtiyojlarini aniqlaş, infratuzilma loyihalarini tayyorlaş va moliyaviy mablağlarni jalb etişda yordam berişga möljallangan.

Xalqaro energetika agentligi (IEA) elektrlaştirişning global va mintaqaviy tendensiyalarini kuzatib boriş mexanizmiga rahbarlik qiladi. Şuningdek, hukumatlar, biznes vakillari va moliya institutlari iştirokida muntazam Elektrlaştiriş forumini ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Energetika kompaniyalari investitsiya majburiyatlarini oşirmoqda

UNEZA energetika kompaniyalari alyansi elektr tarmoqlari, qayta tiklanuvçi energetika va energiyani saqlaş tizimlariga yönaltiriladigan yillik investitsiyalar hajmini 148 milliard dollardan 156 milliard dollarga oşirişini eʼlon qildi.

Bundan taşqari, umumiy yillik daromadi 1,69 trillion dollardan oşadigan 180 dan ortiq kompaniya elektrlaştirişni jadallaştirişni qöllab-quvvatladi. Ular orasida Volvo, Uber, IKEA va Siemens kompaniyalari ham bor.

Taşabbus iştirokçilarining baholaşiça, elektr texnologiyalarini keng joriy etiş isteʼmolçilarning qazilma yoqilği jahon narxlaridagi teb ranişlarga qaramligini kamaytiriş, ayni paytda sanoatni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişi mumkin.

Bu Özbekiston uçun nimani anglatadi?

Özbekiston uçun global elektrlaştiriş kun tartibi elektr energiyasi işlab çiqarişni kengaytiriş, elektr tarmoqlari infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş va energiya samaradorligini oşiriş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Transport, sanoat va kommunal xöjalik sohalarida elektr energiyasining uluşini oşiriş nafaqat yangi elektr işlab çiqariş quvvatlarini barpo etişni, balki taqsimlaş tarmoqlari, energiyani saqlaş qurilmalari va elektr yuklamasini boşqariş mexanizmlarini rivojlantirişni ham talab etadi.

Şu bilan birga, elektrlaştirişni jadallaştiriş öz-özidan işxona gazlari çiqindilarining kamayişini kafolatlamaydi. Uning ekologik samarasi elektr energiyasi işlab çiqariş tarkibi, infratuzilma samaradorligi hamda ösib borayotgan talabni qondiriş uçun foydalaniladigan energiya manbalariga boğliq.

COP31da taqdim etilgan moliyaviy taşabbuslar rivojlanayotgan iqtisodiyotlar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun qoşimça imkoniyatlar yaratişi mumkin. Biroq yangi mexanizmlar doirasida Özbekiston loyihalarining iştirok etişi va moliyalaştirilişiga oid aniq şartlar hozirça eʼlon qilinmagan.

COP31 konferensiyasi 2026-yil 9–20-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötmoqda. Konferensiyada davlatlar, xalqaro taşkilotlar, moliya institutlari va biznes vakillari iqlim siyosati hamda energetika ötişi masalalarini muhokama qilmoqda.

Kamila Fayziyeva, Antaliya, UzDaily.uz uçun maxsus.

Kamila Fayziyeva
Kamila Fayziyeva

Kamila Fayzieva — iqlim, iqtisodiyot va fintex tizimlari bo'yicha mutaxassislashgan tadqiqotchi va tahlilchi. UzDaily muallifi.