Chirchiq kimyo sanoat texnoparki Xitoy kompaniyasi bilan dekorativ bo‘yoqlar ishlab chiqarish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki mutaxassislari Xitoyning Xingang Paint Co. Ltd korxonasi vakillari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida Xingang Paint Co. Ltd korxonasi qurilish lok-bo‘yoq materiallari, sanoat uchun mo‘ljallangan antikorroziya qoplamalari hamda dekorativ bo‘yoqlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Korxona vakillariga texnopark hududida ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy afzalliklari — jumladan amaldagi soliq va bojxona imtiyozlari, rivojlangan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda qulay geografik joylashuvi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikdan o‘zaro manfaatdorliklarini bildirgan holda, belgilangan tartibda maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.