O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

"Chigo" O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

UzDaily · 01.12.2024 · 13:15 · 1149 views
"Chigo" O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

"Chigo" O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyga tashrif buyurgan “O‘zeltexsanoat” ishchi guruhi rais M. Yunusov boshchiligida "Chigo" kompaniyasining vitse-prezidenti Toni Lyao bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda "Chigo" brendi ostida mahsulot ishlab chiqarishni O‘zbekistonda tashkil etish, ichki bozorda mahsulot ulushini oshirish va uchinchi mamlakatlarga eksportni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

1994-yilda tashkil etilgan "Chigo" kompaniyasi o‘z mahsulotlarini dunyoning 180 dan ortiq davlatlariga eksport qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

UzDaily · 👁 1149 views · 01.12.2024 · 13:15