O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Canaan communication & technologies kompaniyasi Sirdaryoda BPO biznesini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Dilafro'z Niyazova · 26.03.2025 · 10:00 · 521 views
Canaan communication & technologies kompaniyasi Sirdaryoda BPO biznesini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
Canaan communication & technologies kompaniyasi Sirdaryoda BPO biznesini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Erkinjon Turdimov Malayziyaning Canaan communication & technologies kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Kompaniya vakillari muloqot davomida Sirdaryoda BPO sohasida ishlashni rejalashtirishayotgani va bu borada mahalliy kadrlarni o‘qitish rejalari borligini ta`kidlashdi.

O‘z navbatida viloyat rahbari qonun doirasida kompaniyaga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Yakunda hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.