O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Bishkekda suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

UzDaily · 21.06.2026 · 17:45 · 31 views
Bishkekda suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Bishkekda suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bishkek shahrida Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika hamda suv xo‘jaligi vazirlari, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri hamda O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK direktori Muzaffar Boboyev ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar mintaqaning suv-energetika sohasidagi hamkorligining bugungi holati, yozgi mavsumda suv va energetika resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, mamlakatlarning barqaror energiya ta’minotini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, aholi sonining o‘sishi, iqtisodiyot tarmoqlarining jadal rivojlanishi va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi sharoitida mintaqaviy hamkorlik suv va energetika xavfsizligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar 2026-yilning iyul–avgust oylarida mamlakatlarni suv va energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shma Bayonnomani imzoladilar.

UzDaily · 👁 31 views · 21.06.2026 · 17:45