O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Birinchi panel O'zbekistonda Voltalia bilan hamkorlikda agrovoltaika loyihasi doirasida o'rnatildi

UzDaily · 20.06.2026 · 22:45 · 31 views
Birinchi panel O'zbekistonda Voltalia bilan hamkorlikda agrovoltaika loyihasi doirasida o'rnatildi

Birinchi panel O'zbekistonda Voltalia bilan hamkorlikda agrovoltaika loyihasi doirasida o'rnatildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Fransiyaning “Voltalia CA” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agrovoltaika loyihasi doirasida ilk quyosh panelini o‘rnatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti mas’ullari, “Voltalia” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Robert Klein hamda kompaniya vakillari ishtirok etdi.
 
Ma’lumki, tomonlar o‘rtasida qiymati 900 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, 500 kVt quvvatda elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan quyosh panellarini o‘rnatish va ishga tushirishni nazarda tutuvchi pilot loyiha bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
 
Marosim davomida loyihaning bugungi holati, uni respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish imkoniyatlari hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, loyihani 2026-yil avgust oyida to‘liq ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Tadbir dasturiga muvofiq, loyiha amalga oshirilayotgan maydonda ishtirokchilar tomonidan quyosh panellarini o‘rnatish jarayoniga ramziy start berildi.
 
Shuningdek, “Voltalia” kompaniyasi bosh ofisi direktori Robert Klein hamda loyiha ishtirokchilari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida manzarali daraxtlar ekib, ekologik tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.

UzDaily · 👁 31 views · 20.06.2026 · 22:45