O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Baxtiyor Saidov Singapur Bosh vaziri Lourens Vong bilan uchrashdi

UzDaily · 23.06.2026 · 11:15 · 30 views
Baxtiyor Saidov Singapur Bosh vaziri Lourens Vong bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Singapur Bosh vaziri Lourens Vong bilan uchrashdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rasmiy tashrif doirasida Singapur Respublikasi Bosh vaziri Lourens Vong bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Singapur hukumati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki mamlakat strategik maqsadlarining chuqur uyg‘unligini qayd etdilar. O‘zbekiston va Singapur jadal iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash, samarali davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda inson kapitaliga izchil sarmoya kiritish masalalarida mushtarak yondashuvlarni namoyon etayotgani taʼkidlandi.

Baxtiyor Saidov butun dunyoda eʼtirof etilgan Singapur taraqqiyot modeli va barqaror davlat institutlarini shakllantirish bo‘yicha noyob tajriba bugungi kunda O‘zbekistonda faol amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tarkibiy islohotlar bilan hamohang ekanini alohida taʼkidladi.

Tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirishning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Uchrashuv davomida taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiya, moliya sektori, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va davlat boshqaruvining zamonaviy standartlarini joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bo‘lib o‘tgan muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash va ularni yangi amaliy mazmun bilan boyitish uchun mustahkam zamin yaratishiga qatʼiy ishonch bildirdilar.

UzDaily · 👁 30 views · 23.06.2026 · 11:15