Baxodir Toshmatov O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni etib tayinlandi
Baxodir Toshmatov O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiyaning yangi qo‘mondonini tayinladi.
Davlat rahbarining farmoniga muvofiq, Baxodir Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
U Rustam Jo‘rayevning o‘rnini egalladi.
UzDaily
·
👁 1119 views
·
28.01.2026 · 19:32