O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Aziza Zokirova O‘zbekiston terma jamoasiga jahon chempionatida uchinchi bronza medalini olib keldi

Dilafro'z Niyazova · 14.09.2025 · 10:22 · 7126 views
Aziza Zokirova O‘zbekiston terma jamoasiga jahon chempionatida uchinchi bronza medalini olib keldi
Aziza Zokirova O‘zbekiston terma jamoasiga jahon chempionatida uchinchi bronza medalini olib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bronza medaliga ega chiqdi.

70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Aziza Zokirova yarim final jangda avstraliyalik sportchi Lekeisha Pergolitidan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va bronza medaliga ega bo‘ldi.

Bundan oldin Feruza Qazoqova (51 kg gacha) hamda Sabina Bobokulova (48 kg gacha) bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bu esa o‘zbek boksiyorlarining jahon musobaqasida barqaror natija ko‘rsatayotganidan dalolatdir.