O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Aytjan Xalmaxanov ikkinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi

Dilafro'z Niyazova · 25.08.2025 · 07:20 · 647 views
Aytjan Xalmaxanov ikkinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Aytjan Xalmaxanov ikkinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetmoqda. Bugungi bellashuvlar ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtib, yunon-rum kurashchimiz Aytjan Xalmaxanov oltin medalga sazovor boʻldi.

-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz saralash bosqichlarida Yaponiya, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Qozogʻiston vakillarini magʻlub etgan edi. Final bellashuvida esa armanistonlik sportchi 12:2 hisobida taslim etildi.