O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Artur Guliyev Milanda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Dilafro'z Niyazova · 22.08.2025 · 21:25 · 670 views
Artur Guliyev Milanda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Artur Guliyev Milanda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milan shahri (Italiya) mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatga kanoechimiz Artur Guliyev erishdi.

200 metr masofaga kechgan bellashuvda yurtdoshimiz 38,63 soniya natija qayd etdi. Shu tariqa, Guliyev faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionatlarining oltin medaliga sazovor boʻldi.