O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi 10,2 % ga oshgan

Dilafro'z Niyazova · 14.02.2025 · 22:50 · 671 views
Alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi 10,2 % ga oshgan
Alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi 10,2 % ga oshgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 056 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan.

Alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi 2023 yilning mos davriga nisbatan 10,2 % ga oshgan.

Alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yillarda quyidagicha:

2022 yilda - 1 229,8 tonna;

2023 yilda - 1 866,2 tonna;

2024 yilda - 2 056 tonnani tashkil etgan.