O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

8 oyda 58,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan

UzDaily · 01.10.2025 · 17:20 · 1710 views
8 oyda 58,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan
8 oyda 58,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 58,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan.
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi umumiy sanoat ishlab chiqarishida 8,9 % ulushni tashkil etdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga qiymati qariyb 1,7 mlrd AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu umumiy eksportning 7,3 foizini tashkil etgan.