O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

2024 yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq qayd etildi

Dilafro'z Niyazova · 04.04.2025 · 14:20 · 972 views
2024 yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq qayd etildi
2024 yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq qayd etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasida 926,4 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

O‘zbekistonda turli yillarda qayd etilgan tug‘ilishlar soni quyidagicha bo‘lgan:

1991 yil — 723,4 ming nafar

1995 yil — 678 ming nafar

2000 yil — 527,6 ming nafar

2005 yil — 533,5 ming nafar

2010 yil — 634,8 ming nafar

2015 yil — 734,1 ming nafar

2020 yil — 841,8 ming nafar

2024 yil — 926,4 ming nafar

Bu ko‘rsatkichlar mamlakatda aholi soni o‘sishda davom etayotganini va demografik o‘sish surʼati barqarorligini ko‘rsatmoqda.