Iqtisod

Özbekiston va Serbiya agrar kadrlar tayyorlaşda hamkorlik qiladi

Özbekiston va Serbiya agrar kadrlar tayyorlaşda hamkorlik qiladi
Özbekiston va Serbiya agrar kadrlar tayyorlaşda hamkorlik qiladi / Foto: Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Serbiyaning Kalem Voće Miladinović kompaniyasi bilan agrar soha mutaxassislarini tayyorlaş va mevaçilikka zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş böyiça hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi.

Uçraşuv davomida markaz va kompaniya vakillari Serbiyaning mevali daraxtlarni yetiştiriş hamda köçatçilikni rivojlantiriş borasidagi tajribasini örganiş imkoniyatlarini muhokama qildi.

Qişloq xöjaligi kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti tinglovçilari uçun öquv kurslari, amaliy seminarlar va tajriba almaşiş dasturlarini taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, şuningdek, serbiyalik mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qiliş va xorijiy tajribalarni Özbekiston şaroitiga moslaştiriş masalalarini körib çiqdi. Hamkorlikning yana bir yönalişi agrar soha xodimlarining malakasini oşirişdan iborat böladi.

Kutilişiça, hamkorlik kasbiy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş, mutaxassislarning amaliy könikmalarini takomillaştiriş va qişloq xöjaligiga innovatsion yondaşuvlarni joriy etişni jadallaştirişga xizmat qiladi.

Agrar ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantiriş kadrlar malakasini oşiriş va qişloq xöjaligini yuritişning zamonaviy usullarini ommalaştiriş vositalaridan biri sifatida qaralmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.