Iqtisod

Özbekiston va Afğoniston temir yöl sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Özbekiston va Afğoniston temir yöl sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Özbekiston va Afğoniston temir yöl sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Afğoniston temir yöl sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, yuk taşiş hajmini oşiriş va infratuzilmani rivojlantiriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

2026 yil 18 noyabr kuni Hayraton şahrida «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi Zufar Narzullayev Afğoniston temir yöllari boşqarmasi rahbari Mavlaviy Abdul Karim Fatex bilan uçraşdi.

Uçraşuvda temir yöl idoralari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, transport-logistika imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda özaro yuk taşiş hajmini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanişiça, 2026 yilda ikki mamlakat örtasidagi temir yöl orqali yuk taşiş körsatkiçlari sezilarli darajada oşgan.

Uçraşuv iştirokçilari ijobiy ösiş sur’atini saqlab qoliş, yuk taşiş jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaş va temir yöl infratuzilmasi imkoniyatlaridan yana-da samarali foydalanişga kelişib oldilar.

Muzokaralar yakunida Naibobod stansiyasini rivojlantiriş işlarini belgilangan muddatlarda yakunlaş, Hayraton — Mozori Şarif yönalişi böyiça temir yöl yuk taşuvlarini taşkil etiş hamda poyezdlarning örtaça sutkalik aylanmasini oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Şuningdek, tomonlar Afğoniston fuqarolari orasidan temir yöl sohasi uçun malakali mutaxassislar tayyorlaş masalasini ham muhokama qildilar. Bu borada ularning kasbiy bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan ta’lim dasturlarini taşkil etiş masalasi körib çiqildi.

Erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş ikki mamlakat örtasidagi transport-logistika aloqalarini mustahkamlaş va mintaqaviy yuk taşiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.