Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özatom” agentligi va Yangi taraqqiyot banki (YTB) Özbekistonda past uglerodli energetika sektorini rivojlantiriş loyihasi uçun ekologik va ijtimoiy çoralarni boşqarişning asosiy modelini tayyorlaşga bağişlangan seminar ötkazdi. Tadbir 9 noyabr kuni bölib ötdi.
Uçraşuv davomida iştirokçilar loyihaning asosiy parametrlari, uni amalga oşirişning ekologik va ijtimoiy jihatlari, şuningdek, YTBning ehtimoliy ta’sirlarni boşqariş böyiça yondaşuvlarini körib çiqdi. Ekologik va ijtimoiy çoralarni boşqariş asosiy modelining tuzilmasi hamda namunaviy şakliga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, ekspertlar “Rosatom” davlat korporatsiyasining atom elektr stansiyalarini quriş va ulardan foydalaniş loyihalarining ESG mezonlari böyiça sifatini baholaş tajribasini, şuningdek, Özbekistondagi integratsiyalaşgan stansiyaning iqlim samaradorligini muhokama qildi.
Seminarda YTB, “Rosatom” va ekologik hamda ijtimoiy boşqaruv sohasidagi mustaqil mutaxassislar vakillari iştirok etdi.
“Özatom”ning umumlaştirilgan axborot, tahlil va strategik rejalaştiriş bölimi rahbari — maslahatçisi Rozaliya Kamayeva energetika loyihalarini amalga oşirişda ekologik va ijtimoiy standartlarga yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş hamda xalqaro amaliyotni qöllaş muhimligini ta’kidladi.
YTB Yevroosiyo mintaqaviy markazi boş direktori Andrey Bokarev asosiy modelni tayyorlaş loyihaning barqaror rivojlanişini ta’minlaşdagi muhim bosqiç ekanini qayd etdi. Uning sözlariga köra, bank tamoyillari ekologik va ijtimoiy xavflarni tizimli ravişda boşqariş imkonini beradi.
“Rosatom”ning barqaror rivojlaniş departamenti direktori Polina Lion esa ESG sohasidagi yuqori standartlarga muvofiqlik atom elektr stansiyalarini quriş va ulardan foydalaniş loyihalarining ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.
U, şuningdek, korporatsiya tajribasi yondaşuvlarni xalqaro amaliyot bilan taqqoslaş va integratsiyalaşgan atom stansiyalarining iqlim samaradorligini baholaşda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.