Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, şuningdek, sanoat maqsadlarida kannabis yetiştiriş sohasida qonunçilik buzilişi xavfini baholaşning elektron tizimi joriy etilmoqda.
Tegişli nizom Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 5 noyabr kuni 3968-son bilan davlat röyxatidan ötkazildi.
Yangi tizim tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzilişlar sodir etilişi ehtimolini avtomatlaştirilgan tarzda baholaşni nazarda tutadi.
Xavf darajasini aniqlaş uçun davlat organlarining axborot tizimlaridagi ma’lumotlar, statistik ma’lumotlar, fuqarolarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari materiallari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalardan foydalaniladi.
Xavflarni tahlil qiliş jarayonida tadbirkorlardan qöşimça hujjatlar va ma’lumotlarni talab qiliş taqiqlanadi.
Baholaş giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, şuningdek, kannabisni sanoat maqsadlarida yetiştiriş ustidan nazoratning öziga xos xususiyatlarini hisobga oluvçi alohida mezonlar asosida amalga oşiriladi.
Tahlil natijalariga köra, tadbirkorlik subyektlariga yuqori, örta yoki past xavf toifalaridan biri beriladi.
Yuqori va örta xavf darajasiga kiritilgan subyektlarga nisbatan profilaktika tadbirlari va tekşiruvlar qonunçilikda belgilangan tartibda taşkil etiladi.
Past xavf toifasiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarida esa tekşiruvlar ötkazilmaydi.
Bunda elektron tizim tomonidan belgilangan xavf darajasining özi tadbirkorga nisbatan töğridan-töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos bölmaydi.