Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning III çoragi yakunlariga köra, Özbekistondagi 47 ta xususiy bandlik agentligidan 40 tasi “qoniqarsiz” toifasiga kiritildi.
Yana uçta agentlik “yaxşi”, törttasi esa “qoniqarli” bahosini oldi. “Namunali” toifasidan birorta ham kompaniya joy olmadi. Reyting natijalari 20 oktyabrda baholaş komissiyasi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan ma’qullangan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xabar berdi.
Reytingda Viza Master va Horizon Work agentliklari 100 balldan 79 ball töplab, yetakçilik qildi. Uçinçi örinni 74 ball bilan Getwork egalladi. Uşbu uçta kompaniya “yaxşi” toifasiga kiritildi.
Jobbridge 63 ball, SKD Man Power 56 ball, Dhaef Global va Global HR esa 50 balldan töplab, “qoniqarli” bahosini oldi.
Qolgan 40 ta agentlik 49 ball yoki undan kam natija körsatdi. Ön uçta kompaniya 20 balldan, ön ikkitasi esa 10 balldan töpladi.
Ikkita agentlikning yakuniy natijasi manfiy böldi: Jobex minus 41 ball, Naimix esa minus 49 ball oldi.
Xususiy bandlik agentliklari Migratsiya agentligi direktorining 2025 yil 19 avgustdagi 116-son buyruği bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, har çorakda 11 ta körsatkiç böyiça baholanadi. Ularning yettitasi ijobiy, törttasi esa salbiy körsatkiçlardan iborat.
Baholaşda fuqarolarni vizali va vizasiz tartib asosida kiriş mumkin bölgan mamlakatlarga işga joylaştiriş natijalari, şuningdek, «Xorijda iş» platformasiga ma’lumotlarni kiritiş holati hisobga olinadi. Bundan taşqari, fuqarolar va xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan şartnomalarni elektron tizimda röyxatdan ötkaziş, şuningdek, fuqarolarni xorijga çiqişga tayyorlaş, jumladan, ularni boriladigan mamlakat qonunçiligi va u yerda böliş qoidalari bilan taniştiriş ham baholanadi.
Şuningdek, agentlik söragan ma’lumotlarni taqdim etiş, zarur ma’lumotlar joylaştirilgan rasmiy veb-saytning mavjudligi, fuqarolarning şikoyatlari va belgilangan talablarga rioya etilişi ham inobatga olinadi.
Ijobiy körsatkiçlar uçun ballar qöşiş bilan birga, ularni kamaytiriş ham nazarda tutilgan. Agar agentlik fuqarolar bilan tuzilgan şartnomalarni elektron tizimda röyxatdan ötkazmasa, öz faoliyatidagi özgarişlar haqida öz vaqtida xabar bermasa, fuqarolarni belgilangan tartibda xorijga çiqişga tayyorlamasa yoki şikoyatlar kelib tuşsa, uning ballari kamaytiriladi.
90–100 ball töplagan agentliklar “namunali”, 70–89 ball olganlar “yaxşi”, 50–69 ball töplaganlar “qoniqarli”, 49 ball va undan kam natija körsatganlar esa “qoniqarsiz” toifasiga kiritiladi.
Migratsiya agentligi ta’kidlaşiça, reytingning e’lon qilinişi fuqarolarga xususiy bandlik agentliklari faoliyati haqida qöşimça ma’lumot oliş, kompaniyalarga esa öz işini belgilangan mezonlar asosida tahlil qiliş imkonini beradi.
Şu bilan birga, reytingdagi toifa muayyan hisobot davridagi körsatkiçlarni aks ettiradi. U litsenziya maqomi hisoblanmaydi, xizmatlar sifatiga kafolat bermaydi va biror taşkilotni tanlaş böyiça tavsiya sifatida talqin qilinmasligi kerak.
Natijalarning işonçliligi yoki asoslanganligi yuzasidan şubha tuğilsa, ular maxsus komissiya tomonidan qayta körib çiqilişi mumkin.