Iqtisod

Özbekiston Energetika vazirligi is gazidan ogohlantirdi

Özbekiston Energetika vazirligi is gazidan ogohlantirdi
Özbekiston Energetika vazirligi is gazidan ogohlantirdi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Energetika vazirligi mamlakat aholisini isitiş mavsumida gazdan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga, şuningdek, isitiş uskunalari, mörilar va şamollatiş tizimlarining sozligini tekşirib turişga çaqirdi.

Vazirlik ogohlantirişiça, qölbola usulda yasalgan yoki nosoz isitiş qurilmalaridan foydalaniş, mörilarni notöğri ulaş va gaz uskunalarini malakasiz mutaxassislarga örnattiriş is gazidan zaharlaniş va boşqa baxtsiz hodisalarga olib kelişi mumkin.

Ayniqsa, rangsiz va hidsiz bölgan is gazi katta xavf tuğdiradi. Şu sababli uning mavjudligini öz vaqtida aniqlaş qiyin.

Energetika vazirligi xavfsizlik talablariga javob beradigan isitiş qurilmalaridan foydalanişni, gaz uskunalarini örnatiş va tekşiriş işlarini malakali mutaxassislarga topşirişni tavsiya etdi. Şuningdek, mörilar va tutun çiqariş kanallarida tiqilib qolgan joylar yoki qurum töplanmaganini muntazam tekşirib turiş zarur.

Vazirlik şamollatiş tizimining sozligiga e’tibor beriş, ventilyatsiya kanallarini berkitmaslik va gaz plitalaridan xonalarni isitiş maqsadida foydalanmaslikka ham çaqirdi. Gaz uskunalaridan faqat belgilangan maqsadda va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalaniş lozim.

Isitiş qurilmalarida nosozlik aniqlanganda yoki gaz hidi sezilganda ehtiyot çoralarini köriş va tegişli xizmatlarga murojaat qiliş zarur.

Is gazidan zaharlanişning dastlabki belgilari orasida boş oğriği, boş aylanişi, köngil aynişi va holsizlik bor. Bunday alomatlar paydo bölsa, zudlik bilan toza havoga çiqiş, boşqa odamlarni ham xavfli hududdan olib çiqişga yordam beriş va şoşilinç tibbiy yordamga murojaat qiliş kerak.

Energetika vazirligi uskunalarni öz vaqtida tekşiriş va ulardan foydalaniş qoidalariga rioya qiliş isitiş mavsumida baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirişini ta’kidladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.