Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qaşqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi işlab çiqaradigan nafta asosida yangi polimerlar va neft-kimyo mahsulotlari işlab çiqariş böyiça qiymati 1,5 milliard dollarlik loyihani amalga oşiriş taklif etildi.
Bu ma’lumotlar Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Qaşqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga bağişlab ötkazilgan yiğilişda taqdim etildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha uçun korxonada işlab çiqariladigan 430 ming tonna nafta xomaşyo bölib xizmat qiladi. Bundan taşqari, zavodda umumiy qiymati 300 million dollar bölgan uçta yirik loyiha tayyorlangan.
GTL zavodi negizidagi loyihalar Qaşqadaryo sanoatini yangi bosqiçga olib çiqişi kerak bölgan yönalişlar qatoriga kiritildi. Davlat rahbari viloyatning gazi, elektr energiyasi va yer osti boyliklarini daromad keltiradigan iş örinlari hamda yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlarga aylantiriş vazifasini qöydi.
GTL loyihalaridan taşqari, viloyat kimyo sanoatida Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini 365 ming tonnadan 600 ming tonnagaça oşiriş masalasi körib çiqilmoqda. Kiçik tonnajli kimyo yönalişida esa umumiy qiymati 830 million dollar bölgan 30 dan ortiq loyiha taklifi tayyorlangan.
Viloyatga biriktirilgan loyiha menejeri va boşqa mas’ullarga 20 milliard dollarlik loyihalar hamda 50 mingta iş örnini qamrab olgan uç yillik dasturni işlab çiqiş topşirildi. Qaşqadaryo sanoatida yirik korxonalar atrofida kooperatsiya zanjirlarini şakllantirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Töqqiz oy yakunlariga köra, Qaşqadaryo viloyatida sanoat işlab çiqarişi 8,4 foizga ösdi. Biroq aholi jon boşiga sanoat mahsulotlari işlab çiqariş körsatkiçi böyiça viloyat respublikada yettinçi örinni egallamoqda.
Uzbekistan GTL zavodi Qaşqadaryo viloyatida, Şörtan gaz-kimyo majmuasi yaqinida joylaşgan. Korxona 2021 yil dekabr oyida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida işga tuşirilgan. Zavod tabiiy gazni suyuq neft mahsulotlariga aylantiriş imkonini beruvçi gas-to-liquids (GTL) texnologiyasi asosida işlaydi.
Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 3,6 milliard kub metr tabiiy gazni qayta işlaşga möljallangan. Zavod har yili 724 ming tonna dizel yoqilğisi, 307 ming tonna aviatsiya kerosini, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz işlab çiqarişga möljallangan.
Zavod qurilişining umumiy qiymati 3,42 milliard dollarni taşkil etgan. Uşbu mablağning qariyb 2,3 milliard dollari davlat kafolatlari ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalaştirilgan.
Kreditorlar orasida Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya va boşqa mamlakatlarning moliya taşkilotlari bor. Uzbekistan GTL rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 2026 yil 16 iyun holatiga korxonaning asosiy qarzi qoldiği 838,2 million dollarni taşkil etgan.