Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning 15 yoşgaça bölgan ösmirlar terma jamoasi Bokuda ötkazilayotgan FIFA U-15 World Cup Festival 2026 musobaqasining guruh bosqiçida uçta öyindan ikkitasida ğalaba qozondi.
Özbekistonlik futbolçilar Bagama orollari terma jamoasini 6:1, Qozoğiston terma jamoasini esa 2:0 hisobida mağlub etdi. Gana terma jamoasiga qarşi bahsda esa 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Özbekiston W guruhida Qozoğiston, Bagama orollari, Gana, Guam va Myanma terma jamoalari bilan birga iştirok etmoqda. Pley-off bosqiçiga çiqiş uçun Özbekiston terma jamoasi guruhdagi uşbu raqiblaridan yuqoriroq örinni egallaşi kerak.
Guruh bosqiçi 24–26 oktyabr kunlari ötkazilmoqda. Uç kun davomida har bir jamoa beştadan uçraşuv ötkazadi, ayrim kunlarda esa ikkita öyinda maydonga tuşadi.
Musobaqa 22–31 oktyabr kunlari Bokuda bölib ötmoqda. Unda 191 ta mamlakatning ösmirlar terma jamoalari iştirok etmoqda. Jamoalar 32 ta guruhga bölingan.
Taşkilotçilar uşbu musobaqani tajriba tariqasida ötkazilayotgan va tarixiy ahamiyatga ega turnir deb ataşmoqda. Bu mazkur yoş toifasidagi futbolçilar uçun uşbu formatda taşkil etilgan ilk jahon çempionatidir.