Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) mamlakatlari örtasida suv tejovçi dehqonçilik sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş tarafdori böldi. Bu masala Xitoyda qişloq xöjaligida yuqori texnologiyalar böyiça 33-Yanlin körgazmasi doirasida ötkazilgan zamonaviy qişloq xöjaligini rivojlantirişga bağişlangan davra suhbatida muhokama qilindi.
Tadbirda Özbekiston qişloq xöjaligi vazirining iqtisodiyot, innovatsion rivojlaniş va investitsiyalar masalalari böyiça maslahatçisi Bunyodjon Oxunov iştirok etdi. U ŞHT mamlakatlarining qişloq xöjaligi salohiyatidan foydalanib, qurğoqçil hududlarda suv tejovçi dehqonçilik böyiça amaliy hamkorlikni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari haqida ma’ruza qildi.
Körgazma Şensi provinsiyasining Yanlin şahrida oçildi. Tadbirning birinçi kunida Oxunov oçiliş marosimida qatnaşdi va qişloq xöjaligida qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion işlanmalar hamda yeçimlar bilan tanişdi.
Davra suhbatida suv tanqisligi şaroitida suv resurslaridan samarali foydalanişga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor yönalişlar sifatida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, qişloq xöjaligi işlab çiqarişining barqarorligini oşiriş va ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq qiliş belgilandi.
Iştirokçilar, şuningdek, ŞHTga a’zo davlatlar örtasida tajriba almaşiş, suvdan oqilona foydalaniş va agrar sohadagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan özaro manfaatli loyihalarni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladilar.