O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

YHXX huquqiy yordam call-markazini ishga tushirdi

Dilafro'z Niyazova · 06.02.2025 · 21:45 · 903 views
YHXX huquqiy yordam call-markazini ishga tushirdi
YHXX huquqiy yordam call-markazini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida call-markazini ishga tushirdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasining huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha call-markazi ishga tushirildi”, — deyiladi xizmat xabarida.

Mazkur xizmat yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid turli masalalar bo‘yicha malakali maslahatlar olish imkonini beradi.

Call-markaz dushanbadan shanbagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

Fuqarolar quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +99871 207 14 66.