O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Yaponiya ilk bor o‘zbek haydovchilari uchun mehnat bozori eshiklarini ochmoqda

Dilafro'z Niyazova · 09.04.2025 · 22:15 · 646 views
Yaponiya ilk bor o‘zbek haydovchilari uchun mehnat bozori eshiklarini ochmoqda
Yaponiya ilk bor o‘zbek haydovchilari uchun mehnat bozori eshiklarini ochmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi masʼullari Yaponiyaning "Shimizu Corporation" kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shimizu Corporation - 1804 yilda tashkil etilgan Yaponiyaning mashhur qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lib, yillik aylanmasi 15 mlrd AQSH dollariga teng. Uning asosiy faoliyati qurilish, arxitektura, muhandislik va loyihalashtirishni o‘z ichiga oladi.

Ayni kunda ushbu tashkilotda 150 nafar yurtdoshlarimiz qurilish, ishlab chiqarish sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Muloqotda, o‘zbekistonliklarni butun Yaponiya hududi bo‘ylab ishga jalb qilish loyihasini yana-da kengaytirish va qabul qilish sonini ko‘paytirishga kelishildi, shuningdek, hamkorlik memorandumi imzolandi.