Xorazmda MIB xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
Xorazmda MIB xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xorazm viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotiga ko‘ra, MIBning Xiva tuman bo‘limi davlat ijrochisi xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, 1995 yilda tug‘ilgan fuqarodan soliq qarzdorligini «hal qilib berish» uchun 1500 AQSH dollari talab qilgan va olgan.
Gap 4 million 526 ming so‘mlik soliq qarzi, shuningdek fuqaro va uning otasi nomida hisoblangan 22 million 822 ming so‘mlik yer va mol-mulk soliqlari haqida ketgan.
Maʼlum qilinishicha, pul mablag‘lari tanish mansabdor shaxslar orqali masalani hal qilish vaʼdasi evaziga vositachilar orqali olingan.
Gumonlanuvchi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.