O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Xorazmda jamoat transporti to‘liq elektron to‘lovga o‘tadi

UzDaily tahririyati · 24.06.2026 · 11:43 · 33 views
Xorazmda jamoat transporti to‘liq elektron to‘lovga o‘tadi

Xorazmda jamoat transporti to‘liq elektron to‘lovga o‘tadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xorazm viloyatida jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Tegishli qaror hudud hokimi tomonidan qabul qilindi.

 

O‘zbekiston Transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu yangilik xizmatlar sifatini oshirish, moliyaviy oqimlar shaffofligini taʼminlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish hamda aholini elektron to‘lov tizimlaridan faol foydalanishga rag‘batlantirishga qaratilgan.

Yangi hisob-kitob tizimi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2026 yil 1 iyuldan boshlanadi va unda SHI-4, SHI-5, SHI-7, SHI-13, SHI-18, SHI-19 va SHI-28 shahar avtobus yo‘nalishlarida naqd pulsiz to‘lov majburiy bo‘ladi.

Shu bosqichda Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi T1 trolleybus yo‘nalishida ham faqat elektron to‘lov qabul qilinadi. Ikkinchi bosqichda hududdagi qolgan barcha avtobus va trolleybus yo‘nalishlari qamrab olinadi.

Yo‘lovchi transportini to‘liq naqd pulsiz tizimga o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda brutto-shartnomalar rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Shundan keyin naqd pul Xorazm viloyati jamoat transportidan to‘liq chiqariladi.

UzDaily tahririyati · 👁 33 views · 24.06.2026 · 11:43