Xitoylik investorlar Qo‘qonda (EIZ) plitka va keramika ishlab chiqarishni kengaytiradilar
Xitoylik investorlar Qo‘qonda (EIZ) plitka va keramika ishlab chiqarishni kengaytiradilar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Uchko‘prik tumanidagi o‘rganishlari davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Yong Xin Ceramics” MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi mahsulotlar bilan tanishdi.
“Jinghua Ceramics” kompaniyasi taʼsischisi Vu Xon Chan bilan o‘tgan uchrashuvda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, korxonalar faoliyatini kengaytirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, sohaga yangi investitsiyalarni jalb etish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishildi.