O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

WR Group O‘zbekistonda logistika markazlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

UzDaily · 11.09.2025 · 18:50 · 1847 views
WR Group O‘zbekistonda logistika markazlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
WR Group O‘zbekistonda logistika markazlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov "WR Group" kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Vadim Rozenshteyn bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kompaniya o‘z faoliyati, jumladan sertifikatlash, bojxona rasmiylashtiruvi hamda logistika xizmatlari yuzasidan taqdimot namoyish etdi.

V.Rozenshteyn O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish, xususan logistika markazlarini tashkil etish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar transport va logistika yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasidagi imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldi.