Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi yanada yaxshilanadi

Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi yanada yaxshilanadi

Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi yanada yaxshilanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilinadi.

2026 yil 1 iyundan daryoning sohil bo‘yi mintaqalari hamda suvni muhofaza qilish zonalarida tabiiy gidrologik tizim va ekologik muvozanatga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilish, yer ishlari va sunʼiy inshootlarni barpo etish qatʼiyan man etiladi. Bunda:

daryo havzasi va uning irmoqlari doirasida gidrotexnik, gidromeliorativ ishlar, bino va inshootlar, gidroenergetika, suvni tartibga solish va derivatsiya inshootlarini qurish to‘liq taqiqlanadi (faoliyat yuritayotgan gidroenergetika obyektlarini rekonstruksiya qilish bundan mustasno);

daryoning davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida qurilish ishlari uchun yer uchastkalari ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ugom daryosining sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan obyektlarning atrof-muhitga salbiy taʼsiri va ekologik talablarga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling