O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentning Olmazor tumanida avtomobil yonib ketdi

UzDaily · 04.02.2026 · 21:11 · 675 views
Toshkentning Olmazor tumanida avtomobil yonib ketdi

Toshkentning Olmazor tumanida avtomobil yonib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 fevral kuni soat 16:22 da Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga Olmazor tumanida (Qoraqamish 1/4) “Gazel” avtomobili yonib ketgani haqida xabar kelib tushdi.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 16:29 da yetib bordi. Yong‘in soat 16:33 da to‘liq bartaraf etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘inning sababi transport vositasining motor bo‘limidagi elektr tizimida yuzaga kelgan qisqa tutashuv bo‘lgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, deb xabar qildi tezkor xizmatlar.

UzDaily · 👁 675 views · 04.02.2026 · 21:11