Toshkent aeroportida “HighPass” kompaniyasi yangi avlod “Fast Track” xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Toshkent aeroportida “HighPass” kompaniyasi yangi avlod “Fast Track” xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Toshkent aeroportida “HighPass” kompaniyasi yangi avlod “Fast Track” xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 7-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida xalqaro reyslar yo‘lovchilarining aeroport rasmiyatchiligidan tezroq o‘tishiga mo‘ljallangan “Fast Track” xizmatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.

Tadbirda aeroport, bank sohasi, sayyohlik va aviakompaniyalar vakillari hamda xalqaro hamkorlar ishtirok etdi. Sayohatchilar uchun dunyodagi eng yirik xizmatlardan biri bo‘lgan “Priority Pass” xalqaro dasturining asoschisi “Collinson Group” vakillari ham tadbirda ishtirok etdi.

Loyihaning texnologik provayderi sifatida yo‘lovchilar va hamkorlar uchun xizmatning raqamli integratsiyasi hamda ulanishini ta’minlagan “HighPass” kompaniyasi ishtirok etdi.
Loyiha doirasida xalqaro aeroport terminalida “HighPass” raqamli ekotizimiga integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan “Fast Track” geytlari o‘rnatildi. Ular yordamida yo‘lovchilar maxsus QR-koddan foydalanib, kelish va ketish paytida pasport nazoratidan alohida yo‘lak orqali o‘tishlari mumkin.

Ushbu xizmatdan bevosita "HighPass" servisi orqali, shuningdek, aviakompaniyalar va turoperatorlarning veb-saytlarida aviachiptalar hamda turistik paketlarni xarid qilish paytida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, dunyoda 100 tadan kam avtomatlashtirilgan “Fast Track” xizmati mavjud bo‘lib, Toshkent aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu texnologiyani joriy etgan birinchi aeroport bo‘ldi. “Fast Track"ning ishga tushirilishi Toshkent aeroporti yo‘lovchi infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro xizmat ko‘rsatish standartlariga muvofiq zamonaviy servis yechimlarini joriy etishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling