Sojitz O'zbekistonda 5,9 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda

Sojitz O'zbekistonda 5,9 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda

Sojitz O'zbekistonda 5,9 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14-may kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Sojitz Corporation vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur kompaniya O‘zbekistonda umumiy qiymati 5,87 milliard dollarga teng bo‘lgan 12 ta loyihani amalga oshirmoqda, bunda Yaponiya investitsiyalari miqdori 2,27 milliard dollarni tashkil etadi.

Muzokaralar davomida 2025-yil avgust oyida imzolangan "yo‘l xaritasi"ning ijro holati muhokama qilindi. Asosiy e’tibor infratuzilma va energetika ob’ektlariga, xususan, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilishi, Samarqandda 800 o‘rinli klinika hamda Navoiy viloyatida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish loyihalariga qaratildi.

Sojitz Corporation, shuningdek, Buxoro va Andijon viloyatlarida ham shu kabi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini tashkil etishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari o‘z rahbariyatining V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling