O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Fors ko‘rfazi davlatlaridan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishni topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fors ko‘rfazi davlatlarida bo‘lib turgan mamlakat fuqarolarini evakuatsiya qilishni taʼminlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda O‘zA rahbari o‘rinbosari Xushnudbek Xudayberdiyev maʼlum qildi.

Mazkur ko‘rsatma Bosh vazir Abdulla Aripovga yo‘llangan. 2 mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida vatandoshlarni Vatanga xavfsiz va tizimli tarzda qaytarish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekistonning barcha aviakompaniyalariga Fors ko‘rfazi davlatlarida bo‘lib turgan fuqarolarni qaytarish choralarini ko‘rish topshirildi.

Xususan, Jidda — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reyslarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.