Senatda Sloveniya Respublikasi Audit sudi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Sloveniya Respublikasi Audit sudi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Sloveniya Respublikasi Audit sudi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Sloveniya Respublikasi Audit sudi raisi Yana Axchin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama, shu jumladan davlat moliyaviy nazorati sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Sloveniya Audit sudi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, davlat auditi bo‘yicha ilg‘or tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni almashish muhimligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Sloveniya Respublikasi Milliy kengashi o‘rtasidagi hamkorlik tizimli va konstruktiv xarakterga ega ekani taʼkidlandi. Parlament delegatsiyalari tashriflarini faollashtirish, dasturlar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini kuchaytirish hamda bu borada o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar barcha yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling